Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Departament organlari tomonidan o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kabinet mudiri vazifasida ishlovchi S.M. fuqaro Sh.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali universitet 2-mutaxassisligiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.A. fuqaro D.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon davlat universiteti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan DXX Xorazm viloyat boshqarmasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro S.I. boshqa bir fuqaro Z.ni tanishlari orqali Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi