1 441
«Endi «Ular o‘zbeklar!» deb kelishadi» – prezident shaxmat olimpiadasi to‘g‘risida gapirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrida yangi bunyod etilgan Arxitektura qurilish institutiga tashrif chog‘ida davlat rahbari OAV vakillari bilan ham suhbatlashdi. Kun.uz xabariga ko‘ra, unda prezident shaxmat olimpiadasi g‘oliblarini munosib taqdirlash bo‘yicha ham so‘zladi.
“Bilasizlarmi, shaxmat bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritganimiz xalqimizda qanday g‘urur-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi?! Men shunday farzandlarim bilan faxrlanaman. Albatta, bu yutuqlar o‘z-o‘zidan kelayotgani yo‘q. Oxirgi uch yilda shaxmatga oid uchta qaror qabul qildik. Chunki biz bu qarorlarni qabul qilishda 20 yilga kechikkandik.
Hozirgi bu g‘alabamiz endi bizga mas’uliyat ham yuklaydi. Chunki 2026 yilda O‘zbekiston mezbonlik qiladigan olimpiadaga butun dunyo boshqacha tayyorgarlik qilib keladi. Endi “Ular o‘zbeklar!” deyishadi. Lekin o‘ylaymanki, ungacha hozirgi jamoamiz yonida yana usta shaxmatchilarimiz yetishib chiqadi va munosib o‘rinlarni egallashadi.
Men shaxmatchilarni munosib taqdirlash bo‘yicha farmon imzoladim. Chunki bu g‘oliblarimizga yangi motivatsiya bo‘ladi. Qolaversa, boshqa yoshlarimiz ham aqlga intiladi, ota-onalar farzandlarini bu sport turiga berishni boshlaydi” – dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»