O‘zbekistonda olimpiadada kutilmagan mojaro: oltin medal sohibi Isroil bayrog‘ini ko‘targani uchun reytingdan chiqarildi

O‘zbekistonda olimpiadada kutilmagan mojaro: oltin medal sohibi Isroil bayrog‘ini ko‘targani uchun reytingdan chiqarildi

O‘zbekistonda o‘tkazilgan 2026 yilgi Xalqaro informatika olimpiadasida yuqori natija qayd etgan isroillik o‘quvchi Yotam Budnik bilan bog‘liq holat katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. U musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan, biroq taqdirlash marosimidan keyin natijasi rasmiy reytingdan olib tashlangan.

12 sinf o‘quvchisi Budnik podiumga chiqqanida o‘zi bilan olib kelgan Isroil bayrog‘ini yelkasiga tashlagan. Shundan so‘ng tashkilotchilar undan oltin medalni qaytarishni so‘ragan.

Shundan keyin uning musobaqadagi natijasi rasmiy reytingdan chiqarilgan va ko‘rsatkichi o‘chirilgan.

Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) qaroriga ko‘ra, 2025 yildan boshlab to‘rt nafar isroillik o‘quvchi milliy delegatsiya sifatida emas, IOI bayrog‘i ostida qatnashishi mumkin.

Budnik ham Toshkentdagi musobaqada aynan shu tartibda ishtirok etgan.

Hozirda Budnik IOI rasmiy reytingida oltin medal sohibi sifatida ko‘rsatilmayapti. Voqea esa ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.

Birgina podiumdagi harakat natijasida olimpiadadagi oltin medal va rasmiy reytingdagi o‘rni bekor qilingani voqeani yanada bahsli holga keltirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar