1 345
«Tomorqa ipotekasini joriy qilish kerak. Tomorqa ipotekasi bu xalq ipotekasi bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tashkil etilgan ipoteka markazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda ipoteka kreditlari uchun tijorat banklariga budjetdan 13 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Lekin olti oyda aholiga bu mablag‘larning 30 foizi berilgan, xolos.
Shu bois prezident 6 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu borada byurokratiyani kamaytirish, aholiga kompleks xizmat ko‘rsatadigan ipoteka markazlari tashkil qilish zarurligini aytgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Birinchi shunday markaz Toshkent shahrida ish boshladi. Bu yerda ipoteka bozoridagi takliflar umumlashgan va shaffof tizim yo‘lga qo‘yilgan. Tashrif buyuruvchilarga Toshkent shahrida qurilayotgan uylar, ularga xizmat ko‘rsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Oldi-sotdi, garov va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, uy-joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalarida ham yordam beriladi. Eng muhimi, barcha xizmatlar bir joyda ko‘rsatiladi.
«Xalq turmushini yaxshilash uchun qancha qarorlar chiqyapti, qulayliklar yaratilyapti. Lekin ko‘pchilik bundan to‘la xabardor emas. Bilganlar ham qayerga borishni bilmay, ovora bo‘ladi. Bu markaz uy olishni istaganlarga kompleks xizmat ko‘rsatib, og‘irini yengil qiladi. Endi markazning elektron platformalarini rivojlantirib, odamlarga yanada qulaylik yaratish kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari minglab odamlar tomorqa uchun ipotekadan foydalana olmayotganiga e’tibor qaratib, mutasaddilarga bu bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
«Tomorqa ipotekasini joriy qilish kerak. Tomorqa ipotekasi bu xalq ipotekasi bo‘ladi», – dedi prezident.
Markazda qurilish va developer kompaniyalar o‘z ofislarini tashkil etgan. Xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi