
Sergeli tumanida kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro O.R. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bank muassasasidan 600 mln so‘m kredit olib berishi evaziga 3 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sergeli TumanKredit FiribgarlikBosh ProkuraturaDXX XodimlariTezkor TadbirJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar