15:41 / 14.08.2022
3 080

Qashqadaryoda ikki qishloq aholisi o‘rtasida janjal yuz berdi

Qashqadaryoda ikki qishloq aholisi o‘rtasida janjal yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Dehqonobod tumanidagi ikki qishloq aholisi o‘rtasida janjal yuzaga kelgani, bunga kavrak sabab bo‘lgani haqidagi video e’lon qilindi. Video izohida janjal sodir bo‘lgan joyda tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i ham bo‘lgani aytilgan. Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, videodagi holat 10 avgust kuni «Tarqopchug‘ay» MFY ga qarashli Bo‘ztepa qishlog‘iga yondosh Sebatli hududida ro‘y bergan bo‘lib, janjal kavrak shirasini yig‘ish istagida bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli kelib chiqqan. Holat sodir bo‘lgan joyda tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lmagan. Buni o‘sha videodan ham, bo‘limning xizmat yo‘nalishi bilan bog‘liq qayd daftaridan ham ko‘rish mumkin.

Mazkur masala yuzasidan ayni paytda Ekologiya qo‘mitasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi va tuman bo‘limi, tuman hokimligi, tuman prokuratura, adliya, tuman IIB, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman mehnat va bandlik bo‘limi, kadastr palatasining tuman filiali mas’ullari ishtirokida ishchi guruh tashkil etilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish natijalaridan so‘ng qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda ikki qishloq aholisi o‘rtasida janjal yuz berdi