
Ijtimoiy tarmoqlarda test imtihonlari jarayonida fizika va matematika fanlaridan test savollari aks etgan 6410554 raqamli test topshiriqlari kitobi surati tarqaldi.
DTM bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat joriy yil 12 avgust kuni Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalangani videokuzatuv orqali aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, ushbu abituriyent ayni paytda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar