Hukumat qarori bilan jazoni ijro etish tizimi xodimlarining shaxsiy videoregistratorlar (bodikameralar) bilan ta’minlangan holda xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Har kunlik ish faoliyatini olib borayotgan yoki kunlik xizmatga jalb etilgan xodim mahkumlarni uzluksiz nazorat qilish hamda ular tomonidan jinoyat va tartibbuzarliklar sodir etilishini aniqlash uchun bodikameralar bilan ta’minlanadi.
Bodikamera quyidagi hollarda ishlatiladi:
- kun tartibidagi tadbirlarni amalga oshirishda;
- umumiy va kunlik tintuvlar o‘tkazish hamda ko‘zdan kechirish jarayonida;
- mahkumlarni JIEMga qabul qilishda;
- jinoyat va tartibbuzarliklar sodir etilganda;
- mahkumlar xulq-atvorini nazorat qilishda; mahkumlardan taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar olinganda;
- mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch, maxsus vositalar hamda tinchlantirish ko‘ylagini qo‘llash chog‘ida;
- mahkumlarni ishga olib chiqish va undan qaytishda;
- mahkumlar va fuqarolarni qabul qilish jarayonida;
- fuqarolardan olingan yo‘qlovlarni qabul qilishda hamda posilka yoki yo‘qlov va banderollarni tarqatish vaqtida;
- mahkumlar ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqishda;
- mahkumlar uchrashuvlarini o‘tkazish jarayonida;
- mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo va rag‘batlantirish choralari qo‘llanilayotgan vaqtda hamda mahkumlar intizomiy bo‘linmaga kiritilayotganda va chiqarilayotganda;
- mahkumlar insonparvarlik dalolatnomalarini ko‘rib chiqish davrida.
Bodikamera xodim xizmat vazifasini bajarishga kirishganidan boshlab ishga tushirilishi va naryadni topshirguniga qadar ishlatilishi lozim, xizmat vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarish vaqti bundan mustasno. Xizmat vazifasini bajarish davomida bodikamera ob’ektivi har qanday holatda to‘silishi mumkin emas.
Bodikameradan shaxsiy maqsadlarda foydalanish, uni boshqa xodimlar, mahkumlar va boshqa shaxslarga berish hamda o‘z xohishi bilan o‘chirib qo‘yish taqiqlanadi. Bodikamera xizmat vaqtida doimo ishchi holatda bo‘lishi shart. Mahkum tomonidan xodimga xizmat davomida berilgan bodikameraga ziyon yetkazish, uni olib qo‘yishga urinish taqiqlanadi.
Mahkumlar bilan bodikamera orqali yozib olingan suhbatlarni internetga joylashtirish, mahkum oila a’zolariga va boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi