22:55 / 15.08.2022
1 789

Tarvuzdan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?

Tarvuzdan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?
Poliz yekinlaridan zaharlanmaslik uchun ularni iste’mol qilganda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida gastroenterolog Xolida Xalimova tushuntirish berdi.

Xolida Xalimovaning aytishicha, ho‘l mevalar sotib olayotganda uni tozaligiga, chirimaganiga va bus-butunligiga alohida e’tibor qilish kerak.

- "Tarvuzni pishganini bilish uchun ko‘pincha uni kesib olishadi. Bunda tarvuz yuvilmagan bo‘ladi. Yuvilmagan holatda kesish oqibatida tarvuz ichiga infeksiya kiradi. Shuning uchun poliz ekinlarini butunligini buzmasdan olish kerak.

Uyga kelganda meva-chevalar, albatta, yaxshilab yuvilishi lozim. Asosan ozuqalar yuvilmay iste’mol qilingani uchun zaharlanish bo‘ladi. Tarvuzni kesishdan avval uning po‘stini uni kir sovunda yaxshilab ko‘pirtirib yuvib olinadi. Sababi poliz ekinlari yerda o‘sadi. Turli o‘g‘itlar, dorilar sepilganda tarvuz yoki qovun po‘stiga infeksiya tushushi mumkin
", — dedi gastroenterolog.

Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyati Norin tumanida bir oila tarvuzdan zaharlandi, ularning ikki nafari vafot etgani haqida xabar berilgandi. Oila dehqon bozoridan tarvuz sotib olgan hamda ikki kun muzlatkichda saqlab, iste’mol qilgan tarvuz mahsulotidan zaharlangan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning o‘tgan 6 oyi davomida 36 holatda ovqatdan zaharlanish qayd etilib, 176 nafar fuqaro jabrlangan, ulardan 52 nafarini bolalar tashkil etgan. 440 tonna oziq-ovqat mahsuloti va uy sharoitida tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlangan.

Respublikadagi 279 ta dehqon bozoridan 61 tasida sanitariya nazorati amalga oshirilgan va ularning barchasida sanitariya qoidalari, normalariga rioya etilmayotgani aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tarvuzdan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?