Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida erkak o‘zi birga yashagan ayolning 150 mln so‘mlik taqinchoqlarini o‘g‘irladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, tumanning «Neloba» mahallasida yashovchi, B. Begoyim (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bergan. Unda ayol 2021 yil avgust, sentabr oylarida yashash uyidan o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, shu tumanda yashovchi, T.Sobir uning uyida vaqtincha yashab kelib 150.000.000 (bir yuz ellik million) so‘mlik har xil tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu o‘g‘irlikni T. Sobir sodir etgani aniqlanib, ashyoviy dalillar olingan. Mazkur holat yuzasidan T. Sobirga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (O‘g‘rilik) «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin