Toshkentda Matiz avtomobilini olib qochgan shaxs ushlandi

Toshkentda Matiz avtomobilini olib qochgan shaxs ushlandi
Foto: Ichki ishlar vazirligi
Toshkent shahri Yunusobod tumanida 18 avgust kuni olib qochilgan avtomashina yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 21:05 larda Yunusobod tumanidagi mehmonxona turargohidan Matiz avtomashinasi noma’lum shaxslar tomonidan olib qochilgani to‘g‘risida xabar berilgan.

Holat yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 18 avgust soat taxminan 21:30 larda mayor A.Baxronov tomonidan ushbu avtoulov Olmazor tumani KHAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgani aniqlanib, to‘xtatilgan. Avtomashinani boshqarib ketayotgan shaxs B.X. (2001 yilda tug‘ilgan) ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar