
Poytaxtdagi Xalqaro Kongress markazida prezidentning tadbirkorlar bilar ochiq muloqot boshlandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
“Sizlar bilan uchrashganimizga bir yil bo‘libdi. Xuddi kecha uchrashgandekmiz. Vaqt shiddat bilan o‘tib ketyapti. Mana shu o‘tgan bir yil dunyodagi vaziyat o‘zgardi. O‘tgan yil bizga juda ko‘p saboqlar berdi. Albatta, viloyatlarga, tumanlarga borganimizda ham men tadbirkorlar bilan uchrashaman, ko‘zlariga qarayman.
Albatta, hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Qiyin bo‘lyapti, lekin bajarilyapti. Islohotlar amalga oshyapti. Mana, bu uchrashuvimiz uchun ham 12 mingdan ortiq savollar, takliflar berilgan. Men yuqoridagi rahbarlar pastga tushib sizlar bilan uchrashishga majbur qilyapman va ular uchrashishyapti. Ruxsat bersangiz, men avval o‘z fikrlarimni aytsam, undan keyin sizlar bilan muloqotni boshlaymiz” – dedi davlat rahbari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar