06:37 / 23.08.2022
994

Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 avgust kuni AQSH Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxud ishtirokidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Parlamentlar o‘rtasida faol almashinuvlarni hamda kongressmenlar vakillik qilayotgan Missisipi va Illinoys shtatlari bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan yuqori daraja mamnuniyat bilan qayd etildi. Samarali muloqotlar kengaymoqda, o‘zaro tashriflar amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash o‘tgan yilda 53 foizga, joriy yil boshidan esa yana 20 foizga oshdi. Bozorimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan AQSH kompaniyalarining soni ortib bormoqda.

Misol tariqasida «Silverleaf» kompaniyasining Jizzax viloyatidagi agroklasterni rivojlantirish borasidagi sermahsul faoliyati ko‘rsatib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari AQSH Kongressida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston bo‘yicha kokusning natijador ishini yuksak baholadi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, sanoat va yuqori texnologiyalar sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
AQSHning ushbu hududlaridan ishbilarmonlar delegatsiyalarining mamlakatimizga tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi