O‘zbekiston Respublikasida 2016 yil yanvar-mart oylarida 109 ta chet el kapitali ishtirokidagi yangi korxonalar ro‘yxatga olindi

O‘zbekiston Respublikasida 2016 yil yanvar-mart oylarida chet el kapitali ishtirokida 109 ta yangi korxonalar ro‘yxatga olindi. Ushbu korxonalarning 78 tasi Toshkent shahriga, 9 tasi Toshkent, 4 tadan Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ro‘yxatga olingan yangi korxonalarning 21 tasi Rossiya Federasiyasi, 20 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 10 tasi Koreya Respublikasi, 9 tasi Qozog‘iston Respublikasi, 8 tasi Buyuk Britaniya, 7 tasi Turkiya Respublikasi va 5 tasi Hindiston Respublikasi rezidentlari kapitali ishtirokida tashkil etildi.
Chet el kapitali ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning 51 tasi sanoat, 19 tasi savdo, 7 tasi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 6 tasi qurilish, 3 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi iqtisodiy faoliyat turlarida tashkil etilgan. 2016 yil 1 aprel holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 4,9 mingtaga etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing