DXX O‘zbekistondan xorijga 2 million dollardan ortiq valyutani olib chiqib ketayotganlarni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan chet el valyuta qimmatliklarini davlat chegarasidan Qirg‘iziston orqali xorijiy mamlakatlarga yuborish bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida ko‘p bosqichli tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Dastlab Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashovchi, 1985 va 1992 yillarda tug‘ilgan aka-uka Lacetti’da o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatilgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) August 24, 2022
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda uning orqa o‘rindig‘i pastki qismida bir dona polietilen paketda 205 600 AQSH dollari, sintetik qopda esa 836 300 AQSH dollari, shuningdek, boshqa bir sintetik qopda 800 000 AQSH dollari, jami 1 841 900 AQSH dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur chet el valyuta qimmatliklarini yetkazib berayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir davom ettirilib, Kosonsoy tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi 1989 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan. Uning Malibu avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda salonida 167 100 AQSH dollari borligi aniqlangan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 2,9 million AQSH dollarining noqonuniy ravishda O‘zbekistondan olib chiqib ketilishiga chek qo‘yilgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi