
Foto: IIV axborot xizmati
IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida Telegram messenjeri orqali “Texnomart Aksiya” nomli profil egasi “Samsung A-72” rusumli telefon apparatini yutib oldingiz deb, firibgarlik yo‘li bilan “Humo” bank kartasida bo‘lgan 1,5 million so‘mni yechib olganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida surxondaryolik fuqaroning bank kartasidan firibgarlik yo‘li bilan pullarni yechib olgan shaxs Samarqand viloyati, Narpay tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan S.U. ekani aniqlangan.
Surishtiruv davomida, S.U. surxondaryolik fuqarodan tashqari yana 27 nafar fuqaroning bank kartasidagi pullarni o‘zlashtirib olgani fosh etilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar