13:11 / 25.08.2022
1 411

Rossiyalik turist O‘zbekistonda xaridlar uchun o‘rtacha qancha pul sarflayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyalik turist O‘zbekistonda xaridlar uchun o‘rtacha qancha pul sarflayotgani ma’lum bo‘ldi
MDH mamlakatlari rossiyalik sayyohlar orasida eng ommabop xorijiy yo‘nalishlarga aylandi. Bu haqda «Russkiy standart» banki tadqiqotiga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Bank sayyohlik industriyasidagi shu’basi - RS TLS korxonasi bilan birgalikda mijozlar tomonidan so‘rovlar, turlarni sotish va xarajatlar dinamikasini o‘rgandi. 2022 yil yozida sayohatlar asosan Rossiyaning o‘ziga tanlandi va eng katta talab Dog‘iston, Kamchatka va Oltoyga sayohatlarga kuzatildi.

Rossiyadan tashqarida Markaziy Osiyo respublikalari rus sayohatchilari orasida mashhurlik bo‘yicha yetakchi o‘rinda turibdi. Umuman olganda, xorijiy yo‘nalishlar ichki turizmga nisbatan ruslar orasida o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda.

Sayyohlar Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflashgan — bank kartasi bilan xarid qilishda o‘rtacha 10 000 rubl (1,8 million so‘m). O‘zbekistonda o‘rtacha xarid qiymati 6,8 ming rubl (1,2 million so‘m)ni, Qirg‘izistonda 2 ming rubl (363 ming so‘m)ni tashkil qildi.

Transportdagi qiyinchiliklarga qaramay, uzoq xorij mamlakatlariga sayohatlarga ham ma’lum qiziqish mavjud. Bu yerda Turkiya, Maldiv orollari va Isroil yetakchi uchlikdan joy olgan, Gretsiya va Tailandga ham talab qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyalik turist O‘zbekistonda xaridlar uchun o‘rtacha qancha pul sarflayotgani ma’lum bo‘ldi