Toshkent shahar Olmazor tuman sudida joriy yil 25 avgust kuni Madaniyat vazirligi xodimlarining o‘zaro janjallashgani yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Zamon» infarmatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 aprel kuni Olmazor tumani Taxtapuldarvoza ko‘chasida joylashgan choyxonalarning birida iftorlik qilish uchun kelgan 38 yoshli Madaniyat vazirligining sport targ‘ibot kasaba uyushmasi raisi lavozimida ishlagan shaxs va hamkasbi aktyor Farhod Badalov ishtirokida janjal yuzaga kelgan va holat pichoqbozlik bilan yakunlangan.
Kelib chiqqan janjal oqibatida sudlanuvchi hamkasbini qasddan o‘ldirish maqsadida oshxonadan pichoq olib chiqqan va boshqarma boshlig‘ining chap ko‘krak qafasiga tan jarohati yetkazgan. Sud tergovida ta’kidlanishicha, u atrofdagilarning ajratib qolganligi tufayli ishini yakuniga yetkaza olmagan.
Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari bilan Toshkent shahar 7-klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlar natijasida uning hayoti saqlab qolingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi mazkur ishni ko‘rib chiqib, sudlanuvchini Jinoyat kodeksi 25-97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1- qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topdi.
Muzokaralar davomida jabrlanuvchi hech qanday da’vosi yo‘qligini aytib o‘tganiga qaramay, sudlanuvchiga nisbatan davlat qoralovchisi 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishini so‘ragan.
Sud sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining yuqorida keltirib o‘tilgan moddasi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi