date

«Instagram»da qurolni reklama qilgan fuqaroning shaxsi aniqlandi

«Instagram»da qurolni reklama qilgan fuqaroning shaxsi aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro qurolni reklama qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur video Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganildi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2003 yilda tug‘ilgan X.X. joriy yil 18 avgust kuni Uchtepa tumanidagi O‘rikzor buyum bozoridan plastmassadan ishlangan o‘q otuvchi o‘yinchoq to‘pponchalarning har birini 110 000 so‘mdan sotib olgan.

Qayd etilishicha, shundan so‘ng X.X. ushbu o‘yinchoq to‘pponchalarni «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida namoyish etish orqali reklama qilib, har birini 300 000 so‘mdan sotganini ma’lum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » «Instagram»da qurolni reklama qilgan fuqaroning shaxsi aniqlandi