18:10 / 30.08.2022
1 084

O‘zbekistonda qancha abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yili uchun 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi, deb xabar bermoqda Davlat test markazi.

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra, ularning
  • 39 962 nafari — davlat granti;
  • 150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
  • kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.

Tanlov natijalariga ko‘ra, davlat granti asosida o‘rtacha ball 121,2 ballni, to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball esa 95,9 ballni tashkil etdi.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 176 mingdan ortig‘i umumiy qabul parametrlari doirasida, 13 mingdan ortig‘i imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3,2 ming nafar;
  • mehribonlik uyi, bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar;
  • muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,7 ming nafar;
  • harbiy xizmatchilarning farzandlari — 1,9 ming nafar;
  • ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar;
  • ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar;
  • kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar — 379 nafar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qancha abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi