Joriy yilning 29 avgust kunida ijtimoiy tarmoqlarning “Kun.uz” sayti orqali “Prokuratura fuqaroga 300 mln qarz. Uni qaytarish bo‘yicha hukm ijrosi paysalga solinmoqda” nomli tanqidiy xabar yoritildi.
Ushbu tanqidiy xabarda, JIB Nurafshon shahar sudi tomonidan 02.06.2022 yilda ijro varaqasi chiqarilib, ijro qilish uchun Byuroning O‘rtachirchiq tuman bo‘limiga yuborilganligi, o‘z navbatida Byuroning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi 305 mln. so‘m mablag‘ni o‘tkazib berish haqida Toshkent viloyati prokuraturasiga aloqa xatlari yuborganligi, lekin 2 oy muddat o‘tganiga qaramay, negadir Toshkent viloyat prokuraturasi shu kunga qadar sud hukmi ijrosini ta’minlamaganligi ya’ni pul mablag‘larini qaytarmaganligi ma’lum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishda, Byuroning O‘rtachirchiq tumani bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining 02.06.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismining “a” bandi va boshqa moddalar bilan sudlangan D.N.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent viloyat prokuraturasining depozit hisob raqamiga topshirilgan 5.000.000 so‘mni, D.N.ga qaytarib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurutuviga 21.06.2022 yilda kelib tushgan va darhol ijroga qaratilgan.
Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida 21.06.2022 yilda Toshkent viloyati prokuraturasiga depozit hisob raqamida saqlanayotgan 5.000.000 so‘m pul mablag‘ini D.N.ga qaytarib berish maqsadida Byuroning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi depozit hisob raqamiga o‘tkazib berish to‘g‘risida xat yuborilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, 29.08.2022 yilda D.N.ga tegishli plastik karta raqamiga 5.000.000 so‘m pul mablag‘i o‘tkazib berilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro yetish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga 1-bandiga asosan, ijro hujjati amalda ijrosi tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi