“O‘zbekiston fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi prezident qaror loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi ayrim jihatlariga aniqliklar kiritildi. Jumladan:
- muqaddam maxsus unvonda xizmatni o‘tagan xodim nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etgani yoki xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolgani sababli xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolarga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishga rad javobi berilishi belgilandi va bu bilan shunday harakat uchun huquqiy asos paydo qilindi;
- harbiy xizmatchilarni yuqori turuvchi lavozimlarga tayinlashda ular tomonidan lavozimda kamida ikki yil xizmat qilish zarurligi normasi mavjud bo‘lgani sababli qisqa muddat ichida muayyan vakant lavozimni butlash, oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini joylashtirish uchun lavozimlarni bo‘shatish masalasida muammolar tug‘ilayotgani sababli ushbu talab nizomdan chiqarib tashlandi;
- intizomiy chora qo‘llash tartibida lavozimidan pasaytirilgan harbiy xizmatchilarni yuqori lavozimlarga tayinlanish hamda harbiy unvonidan bir pog‘ona pasaytirilgan harbiy xizmatchilarni unvonida tiklash tartibiga aniqliklar kiritildi
- harbiy xizmatdagi va undan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar, ular oila a’zolari hamda halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilar oila a’zolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish, sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish tartibiga aniqliklar kiritildi;
- harbiy xizmat umumiy davomiyligi yigirma yilga bir yilgacha yetmagan, harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni xizmatda bo‘lish muddati vazirlik rahbari buyrug‘i bilan belgilanish normasi kiritildi;
- berilgan harbiy unvonda bo‘lish belgilangan xizmat muddatidan kamida ikkitasini o‘tagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga bir pog‘ona yuqori harbiy unvon berish tartibiga aniqlik kiritilib, bu tartib serjantlar tarkibi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ham tatbiq etilishi belgilandi;
- “III darajali serjant”, “II darajali serjant”, “I darajali serjant” va “katta serjant” harbiy unvonlarini berish tartibiga aniqlik kiritilib, tor doiradagi mutaxassislarga tegishli ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlaganidan keyin ushbu harbiy unvonlarni berish mumkinligi normasi kiritildi;
- xizmat va harbiy burchni bajarishda alohida namuna ko‘rsatgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, hududiy yaxlitligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga vazirliklar rahbarlari tomonidan navbatdagi harbiy unvonlar muddatidan avval berilishi mumkinligi normasi qo‘shildi;
- kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga qo‘shimcha ta’til muddatini belgilashda Milliy gvardiya va sud organlaridagi xizmat harbiy lavozimga tayinlangan xodimlarga maxsus unvonlar (martaba darajalar) berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanishi belgilandi;
- kamida yigirma kalendar yili mobaynida harbiy xizmatni benuqson o‘tagan ofitserlar bilan bir qatorda, oddiy askar va serjantlar tarkibiga ham harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan vaqtda tegishli buyruqlar bilan harbiy kiyim-kechak kiyish va farqlovchi nishonlarni taqish huquqi berildi.
Bildirilishicha, qaror loyihasini qabul qilish orqali O‘zbekiston fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtiriladi hamda harbiy xizmatchilar ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga erishiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi