09:12 / 02.09.2022
4 006

O‘zbekistonda keyingi uzoq dam olish kunlari qachon kuzatiladi?

O‘zbekistonda keyingi uzoq dam olish kunlari qachon kuzatiladi?
Foto: Shutterstock
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar to‘rt kun dam olyapti.

Prezident 2021 yil dekabr oyida «Rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2022 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan. Bundan tashqari, davlat rahbari 30 aprel kuni «O‘zbekiston prezidentining «2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga o‘zgartirish kiritish haqida»gi farmonni imzoladi.

Yuqoridagi hujjatlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida o‘zbekistonliklar yangi yil bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlari hamda Navro‘z bayramida qatorasiga bir necha kun dam oldi.

Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq bayram (ishlanmaydigan) kunlari quyidagilar hisoblanadi:
- 1 yanvar - Yangi yil;
- 8 mart - Xotin-qizlar kuni;
- 21 mart - Navro‘z bayrami;
- 9 may – Xotira va qadrlash kuni;
- 1 sentabr - Mustaqillik kuni;
- 1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
- 8 dekabr - Konstitutsiya kuni;
- Ramazon Hayitning birinchi kuni;
- Qurbon Hayitning birinchi kuni.

Bu yil O‘qituvchi va murabbiylar kunida o‘zbekistonliklar ikki kun ketma-ket dam olishadi:
- 2022 yil 1 oktabr - shanba (bayram kuni, ishlanmaydigan kun);
- 2022 yil 2 oktabr - yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni).

Noyabr oyida bayramlar yo‘q.

8 dekabr (payshanba) - Konstitutsiya kuni. Bu kun bo‘yicha prezidentning tegishli farmonlariga o‘zgartirish kiritilmagan. O‘zbekistonliklar bir kun dam oladi.

Yangi yil arafasida - 31 dekabr (shanba) - olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun belgilanadi. 2023 yil 1 yanvar - yangi yil - yakshanba (taqvim bo‘yicha bayram va dam olish kuni) bo‘ladi.

Yangi yil bayrami uchun o‘zgarishlar bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

An’anaga ko‘ra, davlat rahbari har yili noyabr-dekabr oylarida rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzolaydi. Aynan ushbu hujjatda 2023 yil yanvar oyi uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanishi mumkin. Shunda o‘zbekistonliklar bir necha kun ketma-ket dam olishlari mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda keyingi uzoq dam olish kunlari qachon kuzatiladi?