2 050
«Prezidentimizning nutqiga Rossiya OAVlari mutlaqo noadekvat munosabat bildirmoqda» — Sodiq Safoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31 avgust kuni Shahidlar hiyobonida so‘zlagan nutqi rus hamjamiyati vakillarida norozilik kayfiyatini uyg‘otdi. Sababi Prezident shafqatsiz otib tashlangan 13 ming nafar qatag‘on qurbonlarini yodga olgani rossiyaliklarga yoqmagan:
“Bu yerga har gal kelib, e’tibor berishimiz bejiz emas. Mustaqillikka erishish oson bo‘lmagan. Istiqlolimizga 31 yil bo‘lgani bilan bobolarimiz 100 yillar oldin bunga harakat qilgan.
100 ming vatandoshimiz qatag‘onga uchrab, 13 ming nafari shafqatsiz otib tashlangan. Nima uchun? Tahlil bo‘lgan. Ular eng katta qahramonlarimiz, millatning xazinasi bo‘lgan. 2-3 tadan til bilgan. Vatanimizni ozod qilib, taraqqiyotga olib chiqishini bilishgan. Bu yerda xuddi ularning ovozlari eshitilgandek bo‘ladi", – degan edi Mirziyoyev.
Shuningdek, Prezident qatag‘on qurbonlariga nisbatan soxta ayblovlar qo‘yilganini ta’kidlagan:
“Bugun ham yo‘lda o‘ylanib kelyapman. 30-yillarni eski tarix desa, “paxta ishi”chi?! Yetakchilarimizni qatag‘on qilish uchun soxta ayblovlar o‘ylab chiqarishdi-ku. Boshqa respublikalarda yo‘qmidi kamchilik?
Bunday alamli voqealarni hech qachon unutib bo‘lmaydi. Bugungiday bayramlarda, tinch-osoyishta kunlarda shularni ham yuragimizdan o‘tkazib, yoshlarimizga yetkazishimiz kerak”.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini Rossiya Davlat dumasi deputati Konstantin Zatulin rus jamoatchiligiga noto‘g‘ri talqin orqali yetkazdi:
“Prezident Mirziyoyev Sovet Ittifoqiga qarshi ayblovlardan ilhom olgan birinchi postsovet davlat rahbari emas.
Bu ularning rahbarlari o‘z davlatlarining o‘tmishi haqida gapiradigan boshqa ko‘plab narsalar kabi haqiqatga yaqin. Ular o‘z mamlakatlarida hozirgi davr, o‘tmishga qaraganda yaxshiroq bo‘lganini isbotlashlari kerak.
Sovet Ittifoqida o‘zbek millatini hech kim yo‘q qilgani yo‘q. Sovet Ittifoqi bo‘lgan vaqtda ukrainlar ataylab och qoldirganligi, Boltiqbo‘yi xalqlarini yo‘q qilib tashlanganini va boshqa ayblovlarni ilgari suradigan butun bir panteon mavjud.
Sovet Ittifoqi, barcha kamchiliklariga qaramay, xalqaro hamjamiyat edi va O‘zbekiston ham O‘zbekiston nomi bilan dastlab Sovet Ittifoqi xaritasida paydo bo‘ldi, keyin esa o‘z tilini va o‘zini xalq sifatida saqlab, mustaqillikka erishdi”, — dedi Zatulin.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov Zatulinning bayonotiga keskin javob qaytargan birinchi hukumat vakili bo‘ldi:
“Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha qilgan ma’ruzasi Rossiya Davlat dumasi deputati Konstantin Zatulinni asossiz talqiniga suyanib xato xulosalarga sabab bo‘libdi. Davlat rahbari tarixiy faktlarga asoslanib, yaqin o‘tmishning qora kunlarini eslatib o‘tdi. O‘sha qora kunlarda xalqimizning eng ilg‘or fikrlovchi qatlamlarning yakson qilinganini eslamaslik, kelajakda bu kabi xatolarni takrorlanishiga olib kelishi mumkin. Prezident nafaqat o‘zbek, balki o‘sha davrda sovet davlatida yashagan barcha millatlarning ziyolilariga nisbatan qilingan vahshiy nohaqliklar haqida gapirdi. Buni anglash va to‘g‘ri talqin qilish uchun katta tarixchi bo‘lish shart emas, menimcha.Hamkasblarimga shunday ham murakkab bo‘lgan muhitni yana murakkablashtiradigan, mintaqadagi tinchlik va osoyishtalikka putur yetkazadigan talqinlardan tiyilishni tavsiya qilaman. Zero bundan hech kim yutmaydi! O‘ynab gapirsak ham, o‘ylab gapiradigan vaqtda ishlayapmiz”, — deb yozgan Qodirov.
Shuningdek, Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham munosabat bildirdi:
“Prezident Sh.Mirziyoyevning qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqiga Rossiya OAVlarida berilgan “munosabatlar”ini o‘qib chiqdim.
Mustabid tuzum qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etgan O‘zbekiston Prezidentining muvozanatli, bosiq va o‘ta samimiy nutqiga mutlaqo noadekvat munosabat.
O‘zi bahs nima haqida? Mustabid tuzum shafqatsiz va berahm bo‘lganligi haqidami?
Yoki halok bo‘lganlar haqiqatan ham g‘ayriinsoniy qatag‘on qurbonlari bo‘lganligi haqidami? Sog‘lom aql va yaxshi xotiraga ega bo‘lgan har bir inson u yoki buni shubha ostiga ololmaydi.
Tuzumga qarshi, Vatan ozodligi uchun o‘z ovozini baland ko‘tarishga jur’at etgan minglab yurtdoshlarimiz uchun poligon va qabriston bo‘lib qolgan ayni shu joyda o‘tgan marosimda men ham qatnashdim. Tadbir chin qalbdan, tantanali, qandaydir samimiy, insoniy tarzda o‘tdi.
Aynan shu joyda jallodlar tomonidan o‘z o‘limini jasorat bilan qabul qilganlar oldidagi qarzimizni insoniy ravishda qaytardik.
Bu endi shov-shuvli siyosiylashtirish va populistik vahima uchun sababmi?”, — deya izoh qoldirgan Safoyev o‘zining Tvitterʼdagi sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?