
Foto: IIBB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt va Lacetti avtomashinalarining to‘qnashuvi oqibatida, yo‘l harakati qatnashchilari o‘rtasidagi mushtlashuv aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yil 1 sentabr kuni soat taxminan 15:45 da Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi 34 yoshli B.N. va Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi 26 yoshli Sh.U. Yashnobod tumani Aviasozlar va Qorasuv ko‘chalari kesishmasida mayda to‘qnashuv sodir etishgan.
To‘qnashuv tufayli yo‘l harakati qatnashchilari o‘rtasidagi janjal mushtlashuvga aylanib ketgan. Natijada, Cobalt avtomashinasi yo‘lovchisi tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar