date
views 1 602

Shaxram G‘iyosov bojxona organi xodimi bo‘ldi

Shaxram G‘iyosov bojxona organi xodimi bo‘ldi
Buxorolik taniqli bokschi, Olimpiada sovrindori va jahon chempioni Shaxram G‘iyosov O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organiga ishga qabul qilindi.

Shaxram o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida harbiy kiyimdagi suratini joylashtirgandi. Unga "katta serjant" unvoni berilgan.

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati mas’ul xodimi Husan Tangriyev ham o‘z sahifasida bokschining bojxona xizmatiga ishga kirganiga ishora qilib, uning rasmini joylashtirgan. Hamda "Safimizga xush keldingiz" deya izoh qoldirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shaxram G‘iyosov bojxona organi xodimi bo‘ldi