date
views 1 306

Mansabdor shaxslar yer maydoniga uy-joy qurib, 430 mln so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi

Mansabdor shaxslar yer maydoniga uy-joy qurib, 430 mln so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani prokuraturasi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan ekin yer maydoni talon-toroj qilingani bilan bog‘liq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi.

Aniqlanishicha, O.S MCHJ mansabdor shaxslari tuman hokimining 2019 yildagi qarori bilan ajratilgan qishloq xo‘jaligi xaritasining 32-konturida joylashgan 5 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonining 0,4 gektar qismining muomaladan chiqarilishi sabab bo‘lgan. Ular maydonda bino-inshoot va poydevor qurib, davlat va jamiyat manfaatlariga 430 million so‘mlik juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Foto: Bosh prokuratura

Foto: Bosh prokuratura
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mansabdor shaxslar yer maydoniga uy-joy qurib, 430 mln so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi