
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limida bir fuqaroning (ayol) sog‘lig‘i yomonlashgani va yana bir fuqaroning o‘ziga tan jarohati yetkazayotgan holati aks etgan video tasvir tarqaldi.
Farg‘ona viloyati IIB mazkur holatga munosabat bildirib, voqea joriy yil 5 sentabr kuni sodir bo‘lgani va ushbu fuqarolar ona va bola bo‘lib, vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan avtomobilini chiqarib olmoqchi bo‘lishganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 1 sentabr kuni Qo‘qon shahar U.Nosir ko‘chasida YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan «Matiz» rusumli transport vositasi haydovchisining psixotrop modda ta’sirida ekanlikda gumonlanib, tibbiy tekshiruvga taklif etilgan vaqtda haydovchi tibbiy tekshiruvdan bosh tortgan va bu holat YPX inspektorlari tomonidan MJtKning 136-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishlariga sabab bo‘lgan.
Joriy yilning 5 sentabr kuni esa ushbu «Matiz» rusumli transport vositasi haydovchisi va uning onasi Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga kelib, ushbu ma’muriy bayonnomaga e’tiroz bildirib, transport vositasini jarima maydonidan chiqarib berishni so‘rashgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yuqoridagi holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud organiga ko‘rib chiqish uchun yuborilishi hamda qonuniy qaror qabul qilinishi tushuntirilganda haydovchining bundan jahli chiqib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan va onasining sog‘ligi yomonlashgan.
Ushbu fuqarolarga esa zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Qo‘qonFarg‘ona ViloyatiIchki IshlarYo‘l HarakatiTibbiy YordamMa’muriy Bayonnoma O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar