18:29 / 06.09.2022
2 521

2022 yilgi terim mavsumida 1 kg paxta uchun qancha haq to‘lanadi?

2022 yilgi terim mavsumida 1 kg paxta uchun qancha haq to‘lanadi?
Joriy yilgi terim mavsumida qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda esa 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lash belgilandi.

Xabar berganimizdek, Qashqadaryoda "Paxta - 2022" yig‘im-terim ishlari boshlab yuborildi. Viloyatimiz qishloq xo‘jaligi mas’ullarining ma’lumot berishicha, joriy yilgi terim mavsumida qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 1-terimda 1500 so‘mdan, 2-terimda esa 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lash belgilangan”, deyiladi Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili birinchi terimda bir kilo paxta uchun 1200 so‘m, ikkinchi terimda esa 1500 so‘mdan to‘langandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat