
Majburiy ijro byurosining Toshkent tumani bulimi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining ijro varakasiga asosan qarzdor M.Azimov hisobidan, undiruvchi N.Alimova foydasiga farzandining voyaga yetguniga qadar bo‘lgan ta’minoti bo‘yicha ijro hujjati mavjud.
Ijro harakatlari davomida qarzdor farzandi ta’minoti uchun aliment pullarini bittada,ya’ni uni voyaga yetgunga qadar bo‘lgan qismini to‘lash taklifini berdi. Undiruvchining roziligi va tilxati asosida jami 62 million so‘m aliment pullari N. Alimovaga topshirildi.
Shuning asosida mazkur ijro hujjati amalda tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar