23:10 / 08.09.2022
10 046

Qalbaki qora sedana yog‘i mahsulotlaridan ehtiyot bo‘ling!

Qalbaki qora sedana yog‘i mahsulotlaridan ehtiyot bo‘ling!
Qora sedana – butun dunyoga taniqli va ko‘pchilik tomonidan hush ko‘rib iste’mol qilinadigan dorivor o‘simlik. Qora sedana faqat taomlarga yoqimli qo‘shimcha emas, balki ko‘plab dardlardan xalos qiladigan shifobaxsh o‘simlik hamdir. Uni ko‘plab nomlar bilan atashadi – rim kaliandri, Nigella, sedana, kaindji, tmin, chyornogo tmina va h.k.

Hozirgi kunda qora sedana yog‘i yumshoq kapsulalarda ishlab chiqarilmoqda hamda aholining bunday kapsulalarga talabi ortib bormoqda. Biroq, serdaromad biznesni boshlab olgan ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan qora sedana yog‘i kapsulalarini yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirmoqda.

Fuqaro X.T. ham joriy yilning 29 yanvar kuni Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara posti kirish yo‘lagi orqali tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 531 dona (har birida 120 dona kapsuladan) “AL-MADINA” “Kapsula chernogo tmina” nomidagi qora sedana yog‘idan tayyorlangan sedana yog‘i mahsulotini olib o‘tishga uringan. Bojxona xodimlari tomonidan ushbu huquqbuzarlik aniqlanib, mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudida ko‘rib chiqilib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan 531 dona “AL-MADINA” “Kapsula chernogo tmina” mahsuloti yo‘q qilinishi belgilangan.

Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan noqonuniy olib o‘tilgan 531 dona “AL-MADINA” “Kapsula chernogo tmina” mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilinishi ta’minlandi.

Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan qalbaki mahsulotlardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolamiz!

Byuroning Xo‘jaobod tuman bo‘limi
davlat ijrochisi Xumoyun Azimjonov

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat