Sirdaryoda 7 mingga yaqin psixotrop dorilar yoqib yuborildi (foto)

Sirdaryoda 7 mingga yaqin psixotrop dorilar yoqib yuborildi (foto)
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan huquqbuzarlik ashyosi tariqasida olib qo‘yilgan tovarlar sud qarorlari asosida yo‘q qilindi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi, MIB Guliston shahri bo‘limi, viloyat IIB, SЕO va JSB hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Sirdaryoda 7 mingga yaqin psixotrop dorilar yoqib yuborildi (foto)
Foto: Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi
Dastlab mas’ul xodimlar tomonidan «Sirdaryo Dori-darmon» MCHJ omborida saqlanayotgan va daliliy ashyo sifatida olingan 1188 dona «Tropikamid 1 % 10 ml» va 5712 dona «Regapen 300 ml» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sanoqdan o‘tkazildi.
Sirdaryoda 7 mingga yaqin psixotrop dorilar yoqib yuborildi (foto)
Foto: Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi
So‘ngra ishtirokchilar aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha daliliy ashyo sifatida olingan jami 6900 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sudlarning tegishli qarorlariga asosan yoqish yo‘li bilan yo‘q qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar