21:21 / 10.09.2022
2 830

«Shu ichiqoralikni tushunmayman». Rektor Murod Nazarov haqida fikr bildirdi

«Shu ichiqoralikni tushunmayman». Rektor Murod Nazarov haqida fikr bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Murad Buildings" asoschisi, tadbirkor Murod Nazarovning ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning «O‘zbek tili» darsligiga kiritilgani muhokamalarga sabab bo‘lyapti. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘z sahifasiga joylagan videoda keskin fikr bildirganlarni tanqid qildi.

«Qayerdan bizda shuncha nafrat, boshqa odamga nisbatan adovat, hasad?!

O‘zi 14 yoshida otasini yo‘qotib, mustaqil tarzda hayotni boshlagan. Yaponiyada o‘qigan. Ukalarini odam qilgan. 9 nafar yetim bolaga otalik qilyapti. Qani, nimasi namuna emas? Albatta, bu dunyoda hech kim avliyo emas.

Men tarafdorimanki, O‘zbekistonda ko‘plab tadbirkorlarni tarix kitoblariga kiritish kerak. Biz SSSR paytida boshqa misollar bilan katta bo‘lganmiz.

Nimaga bizlar dunyodagi boshqa boylarni yozamiz? O‘zimizda ham boylar, boylar sinfi paydo bo‘ldi.

Shu ichiqoralikni tushunmayman
», degan Qudratxo‘ja.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat