date
views 1 107

Namangandagi gaz zapravkada Labo yonib ketdi

Namangandagi gaz zapravkada Labo yonib ketdi
Foto: Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Go‘zaldagi gaz zapravkada mashina yonib ketibdi» sarlavhasi ostida xabar tarqalgandi. Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 10 sentabr kuni soat 17:22 da Namangan shahri Yangi Namangan tumani «Mingchinor» mahalla fuqarolar yig‘ini Kosonsoy ko‘chasida joylashgan AGTKSH hududida davlat raqami 50 M 382 UA bo‘lgan Labo Damas avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.

Foto: Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Yong‘in Namangan shahri FVB 3-yong‘in qutqaruv qismi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etildi.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangandagi gaz zapravkada Labo yonib ketdi