
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.
10 sentabr kuni soat 22:30larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan ayanchli avtohalokat tafsilotlari ochiqlandi.
YHXBB xabariga ko‘ra, «Volvo» rusumli yuk avtomobili o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Matiz», «Cobalt», «Isuzu» yuk avtomobili, «Nexia-2», «Cobalt», «MAN» yuk avtomobili, «Cobalt» va «Spark» avtomobillari bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
To‘qnashuv natijasida, 3 ta «Cobalt», «Spark» hamda yuk avtomobillarida yong‘in kelib chiqqan va vokea joyida 3 nafar fuqarolar vafot etgan. Avtomobillar salonida bo‘lgan 7 nafar yo‘lovchilar tan jarohati olib, Toshkent viloyati, Angren shahri hamda Namangan viloyati, Pop tumanidagi Markaziy shifoxonasiga yuborilgan.
Ushbu YTH yuzasidan Namangan viloyati Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar