16:14 / 11.09.2022
1 235

Surxondaryoda YPX xodimiga 2 ming dollar pora bermoqchi bo‘lgan haydovchilar ushlandi

Surxondaryoda YPX xodimiga 2 ming dollar pora bermoqchi bo‘lgan haydovchilar ushlandi
Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Uzun tumanida yashovchi haydovchi va uning sherigiga tegishli mashinalar muddati o‘tgan qarzdorlik borligi sabab YPX xodimi tomonidan jarima maydonchasiga joylangan.

Shundan so‘ng haydovchilar har ikkala mashinani jarima maydonchasidan olib chiqib ketish evaziga YPX xodimlariga har bir mashina uchun 1000 dollardan pul taklif qilgan. Haydovchilarning maqsadi mashinaga ortilgan dorivor kovrak urug‘larini tezroq manzilga yetkazish bo‘lgan.

YPX xodimining bildirgisiga asosan prokuratura departamenti Denov tumani bo‘limi va viloyat IIB xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda haydovchilar YPX xodimiga ikkita mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish evaziga 15 million so‘m berayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat