1 481
SHHT sobiq bosh kotibi: «O‘zbekistonning tashabbuslari mintaqani dengiz va okeanlarga yaqinlashtiradi»
Foto: «TASS»
SHHT Samarqand sammiti arafasida Tojikiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmati akademiyasi professori, SHHT sobiq bosh kotibi Rashid Alimov erishilgan natijalar, mazkur tashkilotning buguni va kelajagi haqidagi qator savollarga javob berdi.
— O‘zbekistonning SHHTga raisligi nihoyasiga yetmoqda. Sizning-cha, bu davr qanchalik samarali va sermahsul bo‘ldi. Toshkentning qaysi tashabbuslarini alohida ta’kidlashni istardingiz va nima uchun?
— Raislik qiluvchi tomon har doim liderdir va u yo‘nalishni belgilaydi. Ammo O‘zbekiston nafaqat o‘tgan yil, balki qariyb 4 yildan buyon SHHTning 2018 yilda Sindao (Xitoy)da bo‘lib o‘tgan sammitidan boshlab yo‘nalish berib kelyapti. Mamlakatingiz tashabbuslari tufayli hamkorlar bilan birgalikda 80 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Ammo gap miqdor haqida emas, balki bu tadbirlarning samaradorligida. Iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston SHHT faoliyatining asosiy qismini boyitgan va tashkilot faoliyatidagi bo‘shliqlarni to‘ldirgan qator tashabbuslar bilan chiqdi.
Xususan, transport aloqasi bilan bog‘liq masalalarni eslatib o‘tmoqchiman. Masalan, 2014 yilda Dushanbeda avtomobil tashishlari uchun qulay shart-sharoitlari yaratish bo‘yicha kelishuv qabul qilingan. O‘zbekiston temir yo‘l tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va birgalikda ishlash to‘g‘risida qimmatli tashabbus bilan chiqqan, bu esa temir yo‘l tarmoqlari rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu, ayniqsa, SHHT mamlakatlarining tashqi savdo aylanmasi 7,5 trillion dollarni, ular o‘rtasidagi ichki savdo aylanmasi ushbu hajmning atigi 10 foizini tashkil etayotgan bir sharoitda ahamiyatlidir. Ya’ni SHHT iqtisodiy g‘ildiragi, albatta, o‘z izini kengaytirishi kerak.
Haqiqatda esa SHHT mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 2017 yilga nisbatan 32 foizga oshganini ta’kidlash lozim. Markaziy Osiyoning dengiz yo‘llariga chiqa olmaydigan davlatlari bu muvaffaqiyatlardan ayniqsa manfaatdor. Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti hali ham jahon bozorlaridan eng ko‘p uzilgan iqtisodiyotlar qatorida qolmoqda. O‘zbekistonning transport aloqasini mustahkamlash borasidagi tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular mintaqani dengiz va okeanlarga «yaqinlashtirishga» imkon beradi.
O‘zbekistonning tashabbuslari madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish va kengaytirishga ham qaratilgan. Bu yerda SHHT muzeyi, SHHT mamlakatlari badiiy galereyasining tashkil etilishini eslatib o‘tmoqchiman. Ya’ni O‘zbekiston SHHTga a’zo har bir mamlakatning afzal jihatlarini yagona nuqtada birlashtirish uchun ko‘p ishlarni bajarmoqda. Zero, faqat har bir mamlakat tomonidan taklif etilayotgan imkoniyatlarning uyg‘unligi yuqori natija beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Pushkov NATO bosh kotibining maxfiy rejasini oshkor qildi
Amerika sudi suriyalik “jallod”ga ayblov qo‘ydi
Suriyadagi yirik arab qishlog‘i Isroilga qo‘shilish istagini bildirdi...