21:01 / 13.09.2022
1 873

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina TIVga asir tushgan o‘zbeklar ishi bo‘yicha rasmiy nota yubordi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina TIVga asir tushgan o‘zbeklar ishi bo‘yicha rasmiy nota yubordi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda ukrain harbiylari ikki nafar o‘zbekistonlikni asir olgani tasvirlangan videolar tarqalgandi. Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yuborgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ushbu mamlakat hududida jang qilgan go‘yoki ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olingani aks etgan video tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan batafsil va ishonchli ma’lumot olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yubordi.

Ushbu video bo‘yicha tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik va keyinroq e’lon qilinadigan aniq va yakuniy ma’lumotni kutishingizni so‘raymiz
”, deyiladi elchixona xabarida.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biror shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi jinoyat hisoblanadi va bunday harakatni sodir etganlar 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat