
Foto: Prezident matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
SHHT sammiti doirasida 15 sentabr kuni Rossiya prezidenti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan, shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Eron prezidenti Ibrohim Raisi, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashadi. Shuningdek, Rossiya—Mo‘g‘uliston—Xitoy uch tomonlama sammitida ishtirok etadi.
16 sentabr kuni esa Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar