11:34 / 16.09.2022
1 407

Ateist

Ateist
1811 yil 25 martda ingliz shoiri Persi Bishi Shelli ateizmning zarurligi haqida nashr qilgan risolasi uchun Oksford universitetidan haydalgan.

Bechora ateistlarga har qancha achinsa arziydi. Bundan ko‘ra qiyin xastalik yo‘q dunyoda. Ajoyib san’atida, daqiq maxluqotlarida, bu keng koinotdagi go‘zal tartib-intizomida Allohni ko‘ra olmagan ko‘zlar ko‘rdir. Bundan o‘tadigan ko‘rlik yo‘q! Bu basirat ko‘rligidir.

Bir qiziq latifa bor. Ateistlardan birining otasi o‘lib qolibdi. Unga musulmon do‘sti ta’ziya bildiribdi:

Berish ham, olish ham tabiatning ishi. Undagi hamma narsa tasodifdir. Sabringni qiymati yo‘q. Jazavaga tushishingni foydasi yo‘q. Hech kimdan hech narsa kutma. O‘likning ham , tirikning ham qiymati yo‘q. Biz do‘sting Stefan aytganidek faqatgina kimyoviy chiqindilarmiz. Yo‘q bo‘lib ketamiz. O‘lish uchun paydo bo‘lganmiz. Yo‘qlikdan yo‘qlikka ketish uchun kelganmiz. Boqiylik kuchlilarga xos. Otang buzuq va zaif bo‘lmaganida maymunlar kabi o‘lmagan bo‘lar edi. Afzal nav hukmron bo‘lishi uchun hali tabiat albatta undan yaxshirog‘ini tanlaydi. Tabiat ajringni buyuk qilib bersin. Sa’y-harakatingga mukofot bersin. Otangga Darvinning “Navlarning asli” kitobidan bir-ikki varaq o‘qib qo‘y. Shoyad maymundan tikanga aylansa! Salomat bo‘l!”.

O‘limning ustidan albatta kulib bo‘lmaydi. Bizning barchamiz musulmonmi, kofirmi baribir o‘lamiz. Yozilgan bu ta’ziya qanchalar yoqimsiz bo‘lmasin, ateistnikichalik jirkanch emas. Ateist bizga: “Allohing yo‘q!”, demoqda. Mana bu eng jirkanch gap!

Gohida ko‘z ochilishi uchun beldan pastga zarba berish lozim bo‘lib qoladi. Atrofidagi barcha narsada Allohni ko‘ra olmagan inson hech narsani ko‘rmaydi!

Ha aytmoqchi, suratdagi san’at asari muallifi Alloh taolo!

Abdulqodir Polvonov

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat