16:16 / 16.09.2022
1 082

Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash fondini yaratishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash fondini yaratishni taklif qildi
O‘zbekiston Afg‘onistonni birgalikda qo‘llab-quvvatlash fondini yaratishni taklif qiladi dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentning ta’kidlashicha, “SHHT mamlakatlari Afg‘onistonni o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldirmasligi kerak”.

Mirziyoyevning aytishicha, Afg‘onistonni yakkalash radikalizatsiyaning oshishi va uning terroristik tashkilotlar uchun maydonga aylanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Qobul bilan qonstruktiv aloqalar o‘rnatish zarur.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent konferensiyasini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Unda afg‘on delegatsiyasi va SHHTga a’zo mamlakatlar ishtirok etishi dunyo hamjamiyatining ushbu mamlakat bilan hamkorlik yo‘nalishlarini yaratishga harakat qilayotganidan dalolat”, - deydi Mirziyoyev.

Afg‘onistonni gumanitar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus fondni mazkur mamlakatga chegaradosh bo‘lgan Termiz shahrida – u yerdagi mavjud transport-logistika xabining zamonaviy infratuzilmasidan foydalangan holda, birgalikda ta’sis etish taklif qilindi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat