17:51 / 20.09.2022
1 213

Diplom olib bermoqchi va o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar pul olayotganda qo‘lga tushdi

Diplom olib bermoqchi va o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar pul olayotganda qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar T.N. va D.N. boshqa bir fuqaro H.ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi to‘g‘risida diplom olib berishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Buxoro tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.R. va Z.R. 2 nafar fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro turizm va madaniy meros texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat