
Byuroning Qibray tuman ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq va Izboskan tumanlararo sudlarining sud buyrug‘lariga asosan, qarzdorlar O.Imomov, E.Maxmudov, X.Muxtarov va Ye.Qasimovlardan, undiruvchilar B.Imomova, Z.Abduxolisova, V.Altayeva va D.Qosimovalaraning foydasiga voyaga yetmagan farzanlarining ta’minoti uchun 1/2 qism, 1/4 qism, 1/3 qism va bir nafar voyaga yetmagan farzanlarining ta’minoti uchun 1/4 qism va miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud.
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida va tomonlarga huquqiy tushuntirishlari,oilaning muqaddasligi, farzandlar kelajagiga befarq bo‘lmaslik yuzasidan suhbat olib borilishi natijasida taraflar ajrimdagi oilani tiklashga qaror qildilar.
Natijada 7 nafar voyaga yetmagan farzandlar ota-ona bag‘rida ulg‘ayishi va to‘liq oilada kamol topishiga zamin yaratildi. Shu sabab ish yurituvdagi 4 ta aliment ijro hujjatining ijrosi tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar