
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent viloyatida faollar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqida qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik-birodarlik siyosati olib borilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
— Tasavvur qilinglar, olti yil oldin ham chegaralarimizda mina bor edi. Ikki tomonda qardosh xalqlar yashaydi, ammo o‘zaro bordi-keldi qila olmaydi. Mana shu muammoni bartaraf etguncha ancha zahmat chekdik, ammo uddaladik.
Dunyoning rivojlangan davlatlaridan aloqaga chiqib, minani olib tashlashda yordam taklif qilishdi. Ammo biz rad etdik, chunki bunga o‘zimizning ham kuchimiz yetardi. Xozir mana bemalol qo‘shnilar bilan oldi-berdi qilyapmiz.
Agar qo‘shnilar bilan yaxshi bo‘lib, o‘zaro aloqani mustahkamlab, birdamlikda rivojlanmasak, bizga chetdan kelib hech kim yordam berib qo‘ymaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar