11:39 / 22.09.2022
2 894

Prezident Zoir Mirzayevni Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi

Prezident Zoir Mirzayevni Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi
Bugun, 22 sentyabr kuni Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida Toshkent viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev Zoir Mirzayevni Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Zoir Mirzayev 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Nomzod bo‘yicha muhokamalarni boshlashdan avval so‘zni nomzodga berib, uning 10 oy davomida viloyatda to‘plagan tajribasi va xulosalari asosida kelgusida hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat