
Foto: Farg‘ona viloyati FVB matbuot xizmati
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi.
Viloyat FVB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22 sentyabr kuni soat 11:22 da tumanning Qo‘qonboy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yengil yuk mashinasining motor va salon qismi yongan.
O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 11:23 da yetib borgan, 11:25 da o‘rab olinib, 11:27 da yong‘in o‘chirgan. Ular yordami bilan yuk mashinasi shassi va yukxona qismi saqlab qolingan, jabrlanganlar yo‘q.
Hodisaga gaz turubka qismi nosozligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Ayni paytda zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar