
Ijtimoiy tarmoqlarda Gentra haydovchisi bir necha marta qarshi chiziqqa chiqib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, videoga olingan holat 18 sentyabr kuni soat 21:00 da Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan.
Tartib buzarlar boshqa yo‘l harakati ishtirokchisiga nisbatan odobsiz so‘zlar ishlatib, tezlikni 110 km/soatga oshirishgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi haydovchiga nisbatan hukm e’lon qildi. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik) bilan aybdor deb topildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar