
Rossiyadagi ba’zi mustaqil OAVlari aytishicha, Rossiyada “mobilizatsiya” nomi ostida “etnik tozalash” siyosati amalga oshirilmoqda. Ya’ni, harbiy safarbarlik, Rossiyadagi etnik muvozanatga munosib emas, aksincha, etnik kamchiliklarga katta bosim sifatida amalga oshirilmoqda ekan.
Jumladan, shu yilning birinchi yarmida, Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 121 ming migrantlar Rossiya fuqaroligini olgan. Rossiya davlat organlari va mulozimlarining loyihalariga ko‘ra, keyingi o‘n yil ichida fuqarolik olgan markaziy osiyoliklar eng birinchi bo‘lib, majburiy ravishda safarbarlikka yuborilishi kutilmoqda.
Qolaversa, buryatlar, yoqutlar, dog‘istonliklar, Volga bo‘yi aholisi, Kavkazning qolgan hududlari aholisini safarbarlikka jalb qilish, Rossiyaning boshqa hududlariga qaraganda alohida shiddat bilan amalga oshirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, “Rus dunyosi” uchun, Ukrainada odam o‘ldirish va o‘zlari o‘lish uchun, rus bo‘lmaganlar yuborilmoqda.
1916 yilda ham Turkistonning katta hududlarida ko‘plab qo‘zg‘olonlar bo‘lgan edi. Shunda ham, Chor Rossiyasi turkistonliklarni Birinchi Jahon urushiga olib borib, qardosh turklarga qarshi urushga tashlamoqchi bo‘lgan. Jumladan, 1916 yilgi “Jizzax qo‘zg‘oloni”da, odamlar Chor Rossiyasiga qul bo‘lishdan yoki urushga borib turk qardoshlarni o‘ldirishdan bosh tortgan.
Qo‘zg‘olon sabab, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bir millionga yaqin turkistonliklar, o‘ldirilgan edi. Bugun tarix yana qisman takrorlanayapti: bizni nazorat qilishga qaratilgan imperialistik urushda yana millatdoshlarimiz urushga tashlanish arafasida...
Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar