21:53 / 30.09.2022
1 093

Qizini onasiga olib berish jarayonida oila yarashishiga erishildi

Qizini onasiga olib berish jarayonida oila yarashishiga erishildi
Fuqaroliq ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudining 23.08.2014 yildagi ijro varaqasiga asosan, javobgar X.A. dan uning tarbiyasidagi 2015 yilda tug‘ilgan “Guzal” ismli qizini da’vogar, onasi Q.X. ning tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 25 avgust kuni kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida, javobgar ijro ishi bilan tanishtirilgan va ijro hujjati talablarini bajarishi lozimligi tug‘risida majburiyat yuklatilgan hamda ijro harakatlari jarayoni davrida vujudga kelishi mumkun bo‘lgan har qanday vaziyatlarning oldini olish maqsadida tegishli organlardan xodimlar jalb qilingan.

Natijada, joriy yilning 5 sentyabr kuni, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan jalb qilingan hodimlar bilan birgalikda javobgarning yashash manziliga chiqilib, 2015 yil tug‘ilgan qizaloq da’vogar, onasiga olib berilgan va eng asosiysi olib borilgan tushintirish ishlari natijasida sobiq turmush o‘rtoqlarni yarashishiga erishilgan.

Hozirgi kunda, oila saqlanib qolib, tinch-totuv yashamoqda va asosiysi qizaloq ota-onasi bag‘rida ulg‘aymoqda.

Ijro ishi esa O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41 moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qizini onasiga olib berish jarayonida oila yarashishiga erishildi