1 291
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlaridan qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqda «Samarqandda katta jinoyatchilar ushlandimi?» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Unda IIB xodimlari bir necha fuqarolarni kuch ishlatib xizmat mashinasida o‘tqazayotgani, ulardan biri qochishga uringani aks etgan. Viloyat IIB matbuot xizmati videodagi holatga aniqlik kiritdi.
Unda aytilishicha, 26 sentyabr kunidan 27 sentyabr kuniga o‘tar kechasi Samarqand shahri hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati bo‘linmalari patrul-post xizmati bataloni xodimlari Samarqand shahrining Ibn Sino va Daxbet ko‘chalarida xizmat olib borayotgan vaqtida, bank ro‘parasida turgan fuqaro belgilanmagan joyda tamaki mahsulotini iste’mol qilayotganini ko‘rgan.
Unga jamoat joyda chekmasligi tushuntirilgan vaqtda fuqaro xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, ularga baqirib, ikki nafar sherigi bilan xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan.
Qo‘shimcha kuchlar yetib kelgandan so‘ng fuqarolar Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 9-son IIBga olib borilib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddalari (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish)ga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar